"Bavariya" faxriy prezidenti Uli Xyoness "Borussiya Dortmund" va "Liverpul" sobiq ustozi Yurgen Kloppning "Red Bull" tizimidagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

"Bu rol Klopp uchun emas. U dunyo bo'ylab ma'ruzalar o'qib yurishi emas, balki jamoa boshqaruvida, murabbiylar o'rindig'ida o'tirishi kerak. U futbolchilarni motivatsiya qilishda juda kuchli. Yurgen Zaltsburgda yoki Braziliyada bo'la turib, "RB Leyptsig"ga qanday ta'sir o'tkazishi mumkin?" — deya Xyonessning so'zlarini keltiradi "Bild" nashri.

Germaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida "Maynts", "Borussiya Dortmund" va "Liverpul" klublarini boshqargan. Klopp 2024 yilda Angliya grandini tark etgan edi.