Myunxenning «Bavariya» klubi faxriy prezidenti Uli Xyoness markaziy hujumchi Xarri Keynning nemis klubidagi o'yinidan to'liq mamnun ekanligini bildirdi.

«Ko'pchilik: «100 million evromi? Ular aqldan ozibdi», deb o'ylagandi. Men ham shunday deb hisoblagandim. Ammo bugun uni 150 million evroga ham sotib olgan bo'lardim», — deya Xyonessning so'zlarini mashhur jurnalist Fabritsio Romano keltirmoqda.

Angliyalik futbolchi «Bavariya» safiga 2023 yilda kelib qo'shilgan edi. Nemis jamoasi libosida 32 yoshli hujumchi 135 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 132 ta gol va 31 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.