«PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning otasi Badri Kvaratsxeliya o'g'lining kelajagi haqida, ayniqsa Angliya Premer-ligasining top-klublari qiziqishi haqidagi mish-mishlar fonida fikr bildirdi.

«Xvichaning “PSJ”dan ketishi? U bu haqda o'ylamayapti. U Parijda baxtli, klubda uni juda qadrlashadi va hurmat qilishadi. Jamoa bilan sovrinlar yutyapti va “PSJ”ning asosiy futbolchilaridan biri bo'lib turgan paytda nega boshqa klubga o'tish haqida o'ylashi kerak?

Agar “PSJ” hamkorlikni davom ettirishni istamasa, biz variantlarni ko'rib chiqamiz, ammo hozircha bu muhokama qilinmayapti», — dedi Badri “Kviris Palitra” nashriga.

Qayd etish joiz, joriy mavsumda Xvicha Kvaratsxeliya «PSJ» safida barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda qatnashib, 16 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: sports.kz