Xvicha Kvaratsxeliyadan tarixiy natija: U «PSJ»ning EChLdagi mutlaq rekordini takrorladi

«PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi dastlabki o'yinda gol urdi. Opta Sports nashrining xabar berishicha, gruziyalik futbolchi bir mavsum davomida EChLda samarali harakatlar amalga oshirish bo'yicha «PSJ» rekordini takrorladi.
E'tiborli jihati shundaki, u o'z jamoadoshi Usmon Dembelening rekordi bilan tenglashib oldi. Ma'lumot uchun, Dembele EChLning o'tgan mavsumida sakkizta gol va oltita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan edi. Kvaratsxeliyada esa ayni damda to'qqizta gol va beshta golli uzatma mavjud.