Xvicha Kvaratsxeliya dunyoning eng qimmat 10 nafar futbolchisi ro'yxatiga kirdi

Mashhur Transfermarkt portali Frantsiya chempionatidagi futbolchilarning transfer qiymatlarini yangiladi.
«PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning narxi sezilarli darajada oshdi — 90 million evrodan 140 million evrogacha. Endi gruziyalik futbolchi sayyoramizning eng qimmat 10 nafar futbolchisi ro'yxatidan joy oldi.
Reyting quyidagicha ko'rinish olgan:
-
1-3. Lamin Yamal – 200 mln evro;
-
1-3. Erling Xoland – 200 mln evro;
-
1-3. Kilian Mbappe – 200 mln evro;
-
4-6. Pedri – 150 mln evro;
-
4-6. Maykl Olise – 150 mln evro;
-
4-6. Vinisius Junior – 150 mln evro;
-
7-10. Joau Nevesh – 140 mln evro;
-
7-10. Jud Bellingem – 140 mln evro;
-
7-10. Xvicha Kvaratsxeliya – 140 mln evro;
-
7-10. Vitinya – 140 mln evro.