Xvicha: "Dastlabki daqiqalardan kontsentratsiya bilan bog'liq muammolar yuzaga keldi"

Gruziya terma jamoasining asosiy yulduzi Xvicha Kvaratsxeliya JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Turkiya terma jamoasi bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Kuchli raqibga qarshi ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Dastlabki daqiqalardan kontsentratsiya bilan bog'liq muammolar yuzaga keldi.
O'tkazib yuborgan birinchi golimiz holatimizga katta ta'sir qildi. Tanaffusdan so'ng biz maydonda kurash olib bordik va yakunda durang qayd etishimiz mumkin edi", - dedi hujumkor yarim himoyachi.