Xusanov va Maynu APLning eng qimmatlashgan futbolchilari orasida — Transfermarkt

Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng Angliya Premer-ligasi bo'yicha ma'lumotlarni yangiladi. Eng ko'p qiymati oshgan futbolchilar o'ntaligidan «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov hamda «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu o'rin oldi.
APLning 2025/2026 yilgi mavsumda eng ko'p qimmatlashgan 10 futbolchisi (Transfermarkt, 2026 yil 3 iyun):
-
Eli Krupi («Bornmut») — 70 million evro (+30 million evro).
-
Rayan Sherki («Manchester Siti») — 90 million evro (+25 million evro).
-
Niko O'Rayli («Manchester Siti») — 70 million evro (+20 million evro).
-
Kobbi Maynu («Manchester Yunayted») — 70 million evro (+20 million evro).
-
Rayan («Bornmut») — 60 million evro (+20 million evro).
-
Elliot Anderson («Nottingem Forest») — 75 million evro (+15 million evro).
-
Igor Tiago («Brentford») — 65 million evro (+15 million evro).
-
Abduqodir Husanov («Manchester Siti») — 50 million evro (+15 million evro).
-
Mateush Fernandesh («Vest Xem») — 50 million evro (+15 million evro).
-
Uilyam Osula («Nyukasl») — 28 million evro (+13 million evro).