Xummels Emboloning chetlatilishi haqida: «Ogohlantirish olib turib simulyatsiya qilish — aqlsizlik»

Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mats Xummels Brel Emboloning chetlatilishi Shveytsariya va Argentina o'rtasidagi jahon chempionati chorak finalining burilish nuqtasi bo'lganini ta'kidladi.
Hisob 1:1 bo'lib turgan vaziyatda, allaqachon sariq kartochkasi bo'lgan Shveytsariya hujumchisi maydon markazida Leandro Paredes bilan kurashda yiqildi. VAR tizimi orqali vaziyatni ko'rib chiqqan hakam Joau Pineyru argentinalik futbolchiga berilgan ogohlantirishni bekor qildi va simulyatsiya qilgani uchun Embologa ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi.
«Allaqachon ogohlantirish olib turib, bunday tarzda simulyatsiya qilish — bu aqlsizlik. Ayniqsa, hech qanday xavf tug'dirmaydigan vaziyatda», — dedi Xummels Bild nashriga bergan intervyusida.
«Bu haqli ravishda berilgan sariq kartochka. Qandaydir o'ylamay qilingan reaktsiya uni simulyatsiyaga qo'l urishga majbur qildi. O'sha vaziyatgacha Shveytsariya Argentinani taranglikda ushlab turgandi, ammo bu epizod tufayli hammasini boy berdi».
Shveytsariya o'yinni qo'shimcha bo'limlargacha olib bora oldi, ammo yakunda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar