Xulian Alvaresning transfer narxi "Barsa"ni cho'chitib yubordi

«Atletiko Madrid» jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresning vakillari «Barselona» klubiga futbolchining transfer qiymati borasidagi ma'lumotlarni etkazdi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi argentinalik hujumchining transferini 200 million evroga baholamoqda.
Alvaresning atrofidagi insonlar «Barselona» rahbariyatini mazkur summadan xabardor qilgan.