Xulian Alvares tibbiy ko'rikdan o'tdi

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar ligasi doirasidagi «Arsenal»ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida zaxiraga olingan edi. Jurnalist Ernan Kastilo ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Alvares tibbiy ko'rikdan o'tgan.
Futbolchining holati yaxshi — jiddiy jarohat aniqlanmadi. Yaqin vaqt ichida Xulianga dam olish va tiklanish jarayoni tayinlandi. Alvaresning JCh-2026 musobaqasiga borishi borasida hech qanday xavf yo'q.
2025/2026 yilgi mavsumning 49 ta o'yinida Alvares o'z hisobiga 20 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, seshanba kuni «Atletiko» o'z maydonida «Arsenal»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, Chempionlar ligasini tark etgan edi