Xosep Gvardiolaning 94 yoshli otasi o'g'lining «Manchester Siti»dagi xayrlashuv uchrashuviga keladi

Xosep Gvardiolaning otasi, 94 yoshli Valenti Gvardiola o'g'lining "Manchester Siti"dagi xayrlashuv uchrashuviga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
Mavsumdagi so'nggi uchrashuvni "Manchester Siti" 24 may kuni Angliya Premer-ligasi 38-turi doirasida "Aston Villa"ga qarshi o'tkazadi.
Xosep Gvardiola shuningdek, «Etihad» stadionidagi tribunalardan biri uning va otasining familiyasi bilan atalishi (The Pep Guardiola Stand) haqida ham fikr bildirdi:
— Bu juda katta sharaf — uning familiyasini mana shunday go'zal joyda ko'rish! Menda so'z yo'q...
Ma'lumot uchun, Gvardiola Manchester Sitini 2016 yildan 2026 yilgacha boshqargan.
Manba: sports.kz