"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Abduqodir Husanov haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Abduqodir Husanov uchun Chempionlar ligasidagi ilk tajriba bo'ldi. Rayan Sherki uchun ham, Antuan Semeno uchun ham bu turnirdagi birinchi o'yin, qolaversa, "Santyago Bernabeu"dagi debyut.

Bu vaqt talab qiladi. Bizning EChLdagi ilk mavsumlarimiz har doim ham mukammal bo'lmagan. Masalan, "Monako"ga qarshi aynan shu bosqichda musobaqadan chiqib ketganmiz. Hozir jamoada juda ko'p yangi futbolchilar bor, ammo men ko'plab ijobiy jihatlarni ko'rdim.

Hatto o'sha erda — “Bernabeu”dagi dastlabki 15–20 daqiqa va bu erdagi birinchi 15–20 daqiqa bizni yaxshi o'yin namoyish etdik… Biz o'yinda bor edik”, — dedi Gvardiola.

Manba: stadion.uz