Xoselu "Real"ning muammolari haqida gapirdi

"Real Madrid"ning sobiq hujumchisi Xoselu jamoaning hozirgi muammolari haqida gapirdi.
Ispaniyalik futbolchi 2023 yilda klubga qaytdi va "Los Blancos"ga Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishga yordam berdi, ammo bir yildan so'ng u Qatarning "Al-Garafa" jamoasiga sotildi.
"Real Madrid"ning muammosi nimada? Ularda haqiqiy "to'qqizlik" yo'q, shunday emasmi? Muammo shundaki, odamlar ularni doimo eng yaxshi yillari bilan taqqoslashadi. 2023/24 yilgi mavsumda biz atigi ikkita o'yinda yutqazdik va oltitasida durang o'ynadik - qolganlarida g'alaba qozondik. Bunday natijani takrorlash juda qiyin, qaysi jamoa haqida gapirayotganingizdan qat'iy nazar: "Barselona"ning eng yaxshi versiyasi, "Manchester Siti"ning eng yaxshi versiyasi, "Real Madrid"ning eng yaxshi versiyasi", dedi Xoselu Diario AS nashriga.