Xoselu «Real»ga so'nggi ikki mavsumda nima etishmaganini aytdi

Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Xoselu «qaymoqranglilar» yirik sovrinlarni qo'lga kirita olmagan so'nggi ikki mavsumda jamoaga aynan nima etishmagani haqida o'z fikrini bildirdi.
«Menimcha, kiyinish xonasida ierarxiyani o'rnatish kerak. Hozir jamoada kim birinchi raqamli o'yinchi ekanligi unchalik tushunarli emas. «Real»da doim birinchi raqam, kiyinish xonasida katta obro'-e'tiborga ega insonlar bo'lgan. Menimcha, ayni paytda aynan mana shu narsa etishmayapti. Vinisius, Lunin va Valverde — juda yosh sardorlar. «Hoy, bo'ldi, etar» deya oladigan jasoratga ega tajribali futbolchilar kerak. Yakunda, kiyinish xonasida jiddiylik bo'lishi lozim. Menimcha, «Real»ga aynan shu narsa etishmadi», — dedi Xoselu «Bajo los Palos» podkastida.
Eslatib o'tamiz, Xoselu «Real» safida 2023 yildan 2024 yilgacha to'p surgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar