Xorxe Valdano: «Mourinoning yolg'iz o'zi «Real» muammolarini hal qila olmaydi»

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi va murabbiyi Xorxe Valdano Joze Mourino hamda «qaymoqranglilar» o'rtasidagi ehtimoliy kelishuvga shubha bilan qaramoqda. U portugaliyalik mutaxassis Madrid klubining muammolarini hal qila olishiga ishonmayapti.
«Mourinoning yolg'iz o'zi «Real» muammolarini hal qilmaydi. Buning uchun etakchi futbolchilarning ko'magi zarur. Shuningdek, allaqachon sodir bo'lgan voqealarni hisobga olsak, kiyinish xonasida kichik bir inqilob qilish kerak», — deya Valdanoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «derbyderbyderby.it» portali.
Eslatib o'tamiz, Xorxe Valdano 1994 yildan 1996 yilgacha «Real»ni boshqargan va o'shanda mavsum o'rtasida — yanvar oyida iste'foga chiqarilgan edi.
Hozirda Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.