Xorvatiya terma jamoasining JCh–2026 uchun qaydnomasi e'lon qilindi

Xorvatiya futbol ittifoqi rasmiy saytida 2026 yilgi jahon chempionati uchun milliy terma jamoaning qaydnomasini e'lon qildi. Musobaqa kelasi yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
Darvozabonlar: Dominik Livakovich («Dinamo» Zagreb), Dominik Kotarski («Kopengagen»), Ivor Pandur («Xall Siti»).
Himoyachilar: Yoshko Gvardiol («Manchester Siti»), Due Chaleta-Tsar («Real Sosedad»), Yosip Shutalo («Ayaks»), Yosip Stanishich («Bavariya»), Marin Pongrachich («Fiorentina»), Kristian Yakich («Augsburg»), Martin Erlich («Midtyullann»), Luka Vushkovich («Tottenhem Xotspur»).
Yarim himoyachilar: Luka Modrich («Milan»), Mateo Kovachich («Manchester Siti»), Mario Pashalich («Atalanta»), Nikola Vlashich («Torino»), Luka Suchich («Real Sosedad»), Martin Baturina («Komo»), Petar Suchich («Inter»), Nikola Moro («Bolonya»), Toni Fruk («Rieka»).
Hujumchilar: Ivan Perishich («PSV»), Andrey Kramarich («Hoffenhaym»), Ante Budimir («Osasuna»), Marko Pashalich («Orlando Siti»), Petar Musa («Dallas»), Igor Matanovich («Frayburg»).
Xorvatiya milliy terma jamoasi JCh–2026 guruh bosqichida L guruhida ishtirok etadi. Jamoaning raqiblari Angliya, Panama va Gana terma jamoalari bo'ladi.