Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni La Liga klubi bilan shartnoma imzoladi

Dominik Livakovich ijara asosida "Jirona"ga o'tdi.
Ispan klubi 30 yoshli xorvatiyalik posbonni mavsum yakuniga qadar "Fenerbaxche"dan ijaraga olganini e'lon qildi.
O'tgan mavsumda Livakovich Turkiya chempionatida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.