Xorvatiyalik vinger Yosip Brekalo Ispaniya Primerasining "Real Ovedo" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolchining transferi erkin agent maqomida amalga oshirildi. Shartnoma ikki yilga imzolangan. Ilgari chap qanot vingeri "Fiorentina" futbolchisi bo'lgan, ammo so'nggi mavsumni Turkiyada Istanbulning "Qosimposhsho" jamoasida o'tkazgan. Avvalroq Zagrebning "Dinamo" klubi tarbiyalanuvchisi "Volfsburg", "Shtutgart", "Torino" va Splitning "Xayduk" klublarda o'ynagan.

Brekalo Xorvatiya terma jamoasi safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urgan.

"Real Ovedo" uzoq yillik tanaffusdan so'ng yana La Ligaga qaytdi.