Avvalroq «Xorazm» sport majmuasida Prezident qarorida belgilangan integratsiyalashgan kabellashtirish ishlari to'liq yakunlangani haqida xabar berilgan edi.

28 iyul kuni Professional futbol ligasi mutaxassislari Xorazmdagi stadionda bo'lib, amalga oshirilgan loyiha yuzasidan yakuniy tekshiruv o'tkazdi va integratsiyalashgan kabellashtirish ishlarini rasman qabul qilib oldi.

Endilikda «Xorazm» sport majmuasida markazlashtirilgan VAR tizimidan foydalanish hamda xalqaro standartlar asosida televizion translyatsiyalarni amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Manba: Stadion.uz