«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Erling Xolandning o'yinidagi pasayish haqida fikr bildirdi.

So'nggi oylarda norvegiyalik futbolchi o'zi o'rgangan sermahsullikni namoyish eta olmayapti: yil boshidan buyon o'tkazilgan 16 ta o'yinda u o'z hisobiga bor-yo'g'i to'rtta gol yozdirib qo'ydi.

«Albatta, Xolandga gollar kerak. Ular jamoaga ham, uning o'ziga ham zarur. Biz u uchun tez-tez vaziyatlar yaratishimiz lozim», — deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltiradi City Xtra.

25 yoshli futbolchi hamon 22 ta gol bilan Premer-liga to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.