Erling Xoland to'purarlar ro'yxatida ta'qibchilari bilan oradagi farqni oshirdi.

"Manchester Siti" hujumchisi APLning 8-turida "Everton" bilan o'yinda dubl qayd etdi.

Endi norvegiyalik futbolchi hisobida chempionatda 11 ta gol bor. U ikkinchi o'rinda borayotgan Entoni Semenoni ("Bornmut") 5 ta to'pga ortda qoldirmoqda.