Xolandga 35 kun kerak bo'ldi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning YouTube sahifasidagi shaxsiy kanalida obunachilar soni 1 milliondan oshdi. Endi u platformaning maxsus oltin tugmasiga ega bo'ladi.
Futbolchi bu ko'rsatkichga 23 oktyabr kuni birinchi videosi e'lon qilinganidan keyin 35 kun ichida erishgan. Ayni paytda kanalda uchta rolik mavjud.
Eslatib o'tamiz, 10 million obunachiga etganda brilliant tugma taqdim etiladi.