"Manchester Siti" forvardi Erling Xoland joriy mavsumda gol+pas tizimida 18 ochko to'pladi (stardartlarni hisobga olmaganda). Bu top-ligalardagi barcha o'yinchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichdir, deb yozadi WhoScored.

Xoland Kilian Mbappedan 6 ochko oldinda bormoqda. Madridning "Real" klubi hujumchisi ham mavsumni sermahsul o'tkazmoqda, ammo standartlardan - xususan, penaltidan ko'proq gol urmoqda.

Bir vaqtning o'zida uchta o'yinchi 11 ochkodan to'pladi. Ushbu ro'yxatdan Xarri Keyn, Luis Dias (ikkalasi ham - "Bavariya") va Esteban Lepol ("Renn") o'rin olgan.