"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Rayan Sherki haqida gapirdi.

Yakshanba kuni norvegiyalik futbolchi "Bornmut"ga qarshi Premer-liga o'yinida ikki marta gol urdi, 22 yoshli frantsuz ikkala holatda ham golli uzatmani amalga oshirdi.

O'yin "Siti"ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Biz hammamiz Sherkining qanday xususiyatlari borligini bilamiz, shuning uchun biz undan maksimal darajada foydalanishga harakat qilmoqdamiz.

U bugun menga ikkita ajoyib golli uzatma berdi. Umid qilamanki, u kelajakda menga yana ko'p golli uzatmalar beradi", dedi Xoland.