Xoland Ronaldu va Messi qila olmagan ishni uddaladi

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Norvegiya termasi safida urgan gollari sonini 50 tadan oshirdi.
25 yoshli futbolchi shanba kuni Isroilga qarshi o'yinda xet-trik qayd etib, Norvegiya terma jamoasi safidagi gollarini 51 taga etkazdi.
Xolandga 50 ta golga erishish uchun bor-yo'g'i 46 ta o'yin kerak bo'ldi - bu muvaffaqiyatga hech bir zamonaviy yulduz erisha olmagan. Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasidagi 50-golini 114 ta o'yinda kiritgan bo'lsa, Lionel Messiga Argentina terma jamoasi safida 107 ta o'yin kerak bo'lgan.