«Manchester Siti» klubining norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland Madridning «Real» klubiga o'tishga qiziqish bildirmayapti. Bu haqda ElNacional nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Xoland Xosep Gvardiola «Manchester Siti»ni tark etganidan so'ng boshqa klubga o'tish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Biroq qayd etilishicha, hujumchi madridliklar safida Kilian Mbappe va Vinisius Junior to'p surayotgan bir paytda «Real»ga borish niyatida emas. Futbolchi ushbu ikki yirik yulduz soyasida qolishni istamayapti.

Xabar qilinishicha, Xolandning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasida 175 million evro miqdorida tovon puli ko'rsatib o'tilgan.

Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda Xoland barcha turnirlarda jami 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: Stadion.uz