Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng Angliya Premer-ligasi bo'yicha ma'lumotlarni yangiladi. Eng qimmat futbolchilar o'ntaligidan chempionlikni qo'lga kiritgan «Arsenal»ning uch nafar vakili va «Manchester Siti»ning ikki nafar futbolchisi o'rin oldi.

Reytingda peshqadamlikni «shaharliklar» hujumchisi Erling Xoland saqlab qoldi. Norvegiyalik futbolchi 200 million evroga baholanmoqda. Ikkinchi o'rindan «Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays joy olgan bo'lsa, uning transfer qiymati 120 million evroni tashkil etmoqda. Uchlikni esa uning jamoadoshi Bukayo Saka 110 million evro ko'rsatkichi bilan yakunlab berdi.

APLning 2025/2026 yilgi mavsumdagi eng qimmat 10 futbolchisi (Transfermarkt, 2026 yil 3 iyun):

  1. Erling Xoland («Manchester Siti») — 200 million evro.

  2. Deklan Rays («Arsenal») — 120 million evro.

  3. Bukayo Saka («Arsenal») — 110 million evro.

  4. Florian Virts («Liverpul») — 100 million evro.

  5. Koul Palmer («Chelsi») — 100 million evro.

  6. Moyses Kaysedo («Chelsi») — 100 million evro.

  7. Vilyam Saliba («Arsenal») — 100 million evro.

  8. Dominik Soboslai («Liverpul») — 100 million evro.

  9. Rayan Sherki («Manchester Siti») — 90 million evro.

  10. Morgan Rodjers («Aston Villa») — 90 million evro.

Manba: championat.com