Jahon chempionatlari tarixida ilk bor bir mundialda bir vaqtning o'zida uch nafar futbolchi 7 tadan gol urdi. Bu haqda MisterChip o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

JCh-2026ning eng yaxshi to'purarlari:

  • Erling Xoland (Norvegiya) — 7 gol;

  • Kilian Mbappe (Frantsiya) — 7 gol;

  • Lionel Messi (Argentina) — 7 gol.

Avvalgi jahon chempionatlari tarixida bir turnir davomida ikki nafardan ortiq futbolchi 7 ta gollik marraga eta olmagan edi.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 1/8 finalida Norvegiya Braziliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvda norvegiyaliklar safida Erling Xoland dubl qayd etdi.

Chorak finalda Norvegiya terma jamoasi Meksika — Angliya juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz