«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland joriy transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri yozmoqda.

Futbolchi Entso Mareska boshqaruvi ostida klubning rivojlanish yo'nalishi to'g'ri tanlanganiga shubha qilmoqda. Xoland jamoadan ketish imkoniyatini ko'rib chiqyapti.

O'yinchining mehnat shartnomasi 2034 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt hujumchining qiymatini 200 million evroga baholamoqda. OAV ma'lumotlariga ko'ra, Erling Xolandning xizmatlariga «Real» va «Barselona» klublari qiziqish bildirmoqda.

Manba: Stadion.uz