Xoland "Manchester Siti"ning klub rekordini yangiladi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland gol urish bo'yicha rekordlarni yangilashda davom etmoqda. Chorshanba kuni norvegiyalik futbolchi "shaharliklar"ga Dortmundning "Borussiya" klubi ustidan yirik hisobda g'alaba qozonishga yordam berdi (4:1). 25 yoshli forvard Chempionlar Ligasidagi golli seriyasini ketma-ket beshta o'yinga etkazdi - bungacha "Manchester Siti"ning hech bir vakili bunday natijaga erisha olmagandi.
Erling Xoland Chempionlar Ligasining joriy mavsumidagi to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'rinni Kilian Mbappe ("Real") va Xarri Keyn ("Bavariya") bilan bo'lishib turibdi - 5tadan gol. Ulardan yuqorida faqat "Galatasaroy"da 6 marta gol urgan Viktor Osimxen joy olgan.