Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland JCh-2026 chorak final uchrashuvida (1:2) Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem tomonidan kiritilgan dubl haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Jud — mening eng yaqin do'stlarimdan. Biz Dortmundning «Borussiya»sida ikkita ajoyib yilni birga o'tkazdik. Biz yaxshi do'stlarmiz va u juda yoqimli yigit. Uning bugun gol urgani va bunday o'yin ko'rsatgani meni hayron qoldirmadi. U shunchaki aql bovar qilmas darajada va Angliyaning omadi bor, chunki hamma jamoasida shunday o'yinchi bo'lishini istaydi», — deya Xolandning so'zlaridan iqtibos keltiradi VG nashri.

Xoland ushbu uchrashuvda samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Jahon chempionati yarim finalida Angliya terma jamoasi Argentina — Shveytsariya juftligi g'olibi bilan kuch sinashadi.

Manba: Stadion.uz