Erling Xoland Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 8-o'ringa ko'tarildi.

"Manchester Siti" hujumchisi "Galatasaroy"ga qarshi o'yinning (2:0) 10-daqiqasida Jeremi Dokuning uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Bu norvegiyalik futbolchining EChLdagi 56-goli bo'ldi. U Rud van Nistelroyga etib oldi va Tomas Myullerdan bir gol ortda qolmoqda.