Transfermarkt portali "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning yangi narxini e'lon qildi.

25 yoshli norvegiyalikning yangi narxi sayt bahosiga ko'ra 20 million evroga oshib, 200 millionga etdi. U endi dunyoning ikki eng qimmat futbolchisidan biri hisoblanadi. "Barselona" yulduzi Lamin Yamalning narxi ham aynan shuncha.

Xoland joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 ta o'yinda 23 ta gol urib, 4 bor assistentlik qildi.