Xoland Donnarummani dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb atadi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland jamoa darvozaboni Janluiji Donnarummaning saviyasi haqida gapirdi.
"Donnarumma juda katta! U dunyodagi eng yaxshi darvozabon! U yaqindagina Yashin kubogini oldi. Albatta, dunyoning eng yaxshi darvozaboniga qarshi o'ynayotganingni bilish - bu motivatsiya. Ammo bu juda murakkab vazifa," - deya Xolandning so'zlarini keltiradi City Report.
Donnarumma 1 sentyabr kuni "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi. Jamoa tarkibida u barcha turnirlarda oltita o'yin o'tkazib, to'rtta gol o'tkazib yubordi va uch marta o'z darvozasini daxlsiz qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
26 yoshli italiyalikning "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Kommentariyalar