Xoland Chempionlar Ligasida 50 ta gol urgan ikkinchi eng yosh futbolchi hisoblanadi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Chempionlar ligasida kiritgan gollari sonini 50taga etkazdi.
"Shaharliklar"ning yulduz futbolchisi bugungi bahsda ikkinchi bo'lim boshida gol urib, "Napoli"ni ranjitdi. E'tiborlisi, musobaqadagi 50-goli urilgan vaqtda faqat bir futbolchi undan yoshroq bo'lgan - Lionel Messi (24 yosh-u 284 kun). Norvegiyalik futbolchi reytingda 25 yoshu 356 kunligida 50-marta darvozani ishg'ol qilgan Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.
Erling Xolandning o'zi hozir 25 yosh-u 59 kunlik. U 2022 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda.