Xoland «Bornmut»ga urganidan so'ng robot raqsini ijro etdi (video)

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland APLning 10-turidan o'rin olgan “Bornmut” (3:1) uchrashuvidan keyin o'z hissiyotlarini quyidagicha izohladi.
Norvegiyalik forvard ushbu o'yinda dubl qayd etdi. U gollardan birini esa robot uslubidagi raqs bilan nishonladi.
«Men buni endi yashira olmadim», — deb yozdi Xoland o'z ijtimoiy tarmoqlarida.
Joriy mavsumda Xoland “Manchester Siti” safida APLda 10 o'yinda 13 ta gol urgan.
Haaland just did the robot celebration pic.twitter.com/7OoP3Lvsym
— ⚡️???????? (@Priceless_MCI) November 2, 2025
Manba: sport24.ru