Xoland avgust oyidan buyon birorta o'yinni golsiz tark etmayapti

Erling Xolandning golli seriyasi 11 o'yinga etdi.
Bugun "Manchester Siti" forvardi APLning 8-turidan o'rin olgan "Everton"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
So'nggi bor norvegiyalik futbolchi 23 avgust kuni maydonni golsiz tark etgandi. U "Siti" va milliy terma jamoadagi keyingi 11 o'yinning har birida kamida bitta gol urdi.