Angliya premer-ligasi 9-turidan o'rin olgan bahsda «Manchester Siti» safarda «Aston Villa»dan 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvdan so'ng jamoa hujumchisi Erling Xoland natija haqida o'z fikrlarini bildirdi:

«Qiyin maydondagi kuchli raqib. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman», — deb yozdi norvegiyalik bombardir ijtimoiy tarmoqlarida.

To'qqizta turdan so'ng Xosep Gvardiola shogirdlari 16 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. «Shaharliklar» etakchi «Arsenal»dan 6 ochkoga orqada.