«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland joriy mavsumda APLda «gol+pas» tizimi bo'yicha 30 ochko jamg'argan ilk futbolchiga aylandi.

Norvegiyalik hujumchi Premer-liganing 33-turi doirasida bo'lib o'tgan «Arsenal»ga qarshi bugungi o'yinda (2:1) o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

Hozirda Xolandning hisobida Premer-liganing 31 ta uchrashuvida kiritilgan 23 ta gol va 7 ta golli uzatma mavjud. Erling APLdagi faoliyati davomida uchinchi bor bir mavsumda 30 ta samarali harakat marrasini zabt etdi — bundan yaxshiroq natijani faqat Terri Anri (4 mavsum), Harri Keyn (4), Alan Shirer (5) va Muhammad Saloh (5) qayd etishgan.