Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland JCh-2026 1/8 finalida Braziliyaga qarshi bahsda dubl qayd etib, o'zining ilk jahon chempionatidagi to'purarlik bo'yicha 52 yillik rekordni takrorladi.

Ushbu uchrashuvda Norvegiya sensatsion tarzda Braziliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Opta Sports ma'lumotiga ko'ra, Xoland debyut mundialida urgan gollari sonini 7 taga etkazib, 1974 yilgi jahon chempionatida polyak hujumchisi Gjegoj Lyato o'rnatgan rekordga tenglashdi.

Eslatib o'tamiz, Norvegiya ushbu g'alabadan so'ng JCh-2026 chorak finaliga yo'l oldi va keyingi bosqichda Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ayni paytda Erling Xoland 7 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

Manba: Stadion.uz