Xitoyda futbolchi reklama taxtasiga urilib, bo'ynini sindirib oldi. Asamoa falaj bo'lib qolishi mumkin

Samuel Asamoa Xitoyda reklama taxtasiga urilib, bo'ynini sindirib oldi.
Xitoy ikkinchi divizioni doirasidagi o'yinda "Guansi Pingo" jamoasida o'ynayotgan Asamoa "Chuntsin Tunlyanlun" jamoasi vakili Chjan Chjisyun bilan to'qnashib ketdi. Raqib Samuelni reklama taxtasiga itarib yubordi, natijada 31 yoshli Togo terma jamoasi futbolchisi boshi bilan reklama banneriga urildi.
"Guansi Pingo" Asamoaga bo'yin sinishi va asabning keng shikastlanishi tashxisi qo'yilganini e'lon qildi. U operatsiya qilindi, ahvoli barqaror.
Shu bilan birga, klub Samuelda pastki tananing harakatlanishiga to'sqinlik qiluvchi falaj turi - paraplegiya rivojlanish xavfi yuqori ekanligini ta'kidladi.