"Xetafe"ning o'ng qanot himoyachisi Xuan Iglesias "Real"ga qarshi La Liga o'yinidagi hakamlik haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

"Real Madrid"ga qarshi o'yinlar o'z-o'zidan qiyin bo'ladi, ba'zi qarorlar bizning foydamizga emasligi aniq.

Men hushtak chalinmasligi kerak bo'lgan vaziyatlardagi kartochkalar va kichik qoidabuzarliklar haqida gapiryapman.

Nom qizil kartochkaga loyiq emas edi", - deya Iglesiasning so'zlaridan iqtibos keltirgan ispan OAV.