Angliya terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Jordan Xendersonning fikricha, uning jamoasi Jahon chempionati–2026 1/8 finali doirasida Meksikaga qarshi kechadigan qiyin sharoitdagi o'yinga moslasha oladi.

Uchrashuv 6 iyulga o'tar kechasi Mexikodagi «Atsteka» stadionida bo'lib o'tadi. Ushbu o'yingoh dengiz sathidan 2240 metr balandlikda joylashgan — kislorod etishmovchiligi bunga tayyor bo'lmagan inglizlar uchun qiyinchilik tug'dirishi mumkin.

«Biz har qanday vaziyatga moslasha olamiz. Bu erga o'z vazifamizni bajarish uchun kelganmiz: o'zimizning eng yaxshi versiyamizni ko'rsatish, yaxlit jamoa bo'lish, kurashish va maydonda bir-birimiz hamda vatandagi muxlislarimiz uchun bor kuchimizni berish», — deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Shimoliy Amerikadagi mundialning 1/16 finalida Tomas Tuxel shogirdlari Kongo DR terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.

Manba: Stadion.uz