Xenderson Bellingemning Angliya terma jamoasidagi roli haqida gapirdi

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jordan Xenderson Jud Bellingemning milliy terma jamoadagi roli haqida fikr bildirdi.
«To'g'risini aytsam, unga bo'lgan minnatdorchiligimni ifodalashga so'z ojiz. OAVda u haqida ko'p yozishlarini bilaman va ba'zida bularni o'qish men uchun og'ir, chunki uning bu jamoaga o'tkazayotgan ulkan ta'sirini yaxshi bilaman.
O'ylaymanki, u bizga qo'shimcha ustunlik beradi. U o'z faoliyatida muhim lahzalarni boshdan kechirgan, u muhim o'yinlardagi asosiy futbolchidir. U — biz uchun fundamental ahamiyatga ega bo'lgan o'yinchi. Agar jamoadagi istalgan futbolchidan so'rasangiz, uning qanday ajoyib jamoadosh ekanligini va qanday yaxshi shug'ullanishini aytib beradi», — deya Xendersonning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichi doirasida Angliya terma jamoasi Xorvatiya (17 iyun), Gana (23 iyun) va Panama (28 iyun) terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.