6 sentyabr kuni Samarqandda sobiq futbolchi Muhsin Muhammadievni qo'llab-quvvatlash maqsadida “Dinamo” hamda O'zbekiston milliy jamoasi sobiq yulduzlari ishtirokidagi “Muhsin, biz sen bilan” xayriya o'yini o'tkazildi.

Qiziqarli o'tgan bahs kutilganidek gollarga boy o'tdi. “Dinamochilar”dan Ja'far Irismetov dublga erishgan bo'lsa, Bahodir Nasimov va Hamdam Rahmonov ham Ignatiy Nesterov darvozasini ishg'ol etdi.

O'zbek futboli sobiq yulduzlaridan esa Leonid Koshelev, Azamat Abduraimov, G'ulom Halimtoev va Akmal Xolmatov gollarga mualliflik qildi – 4:4.

O'yindan keyin barcha futbolchilar, murabbiylar va xayriya o'yini ishtirokchilari esdalik suratga tushishdi. Xayriya o'yinidan tushgan mablag'lar Moskvada davolanayotgan Muhsin Muhammadievga etkaziladi.

Xayriya o'yini. 6 sentyabr
“Dinamo” – O'zbekiston milliy jamoasi afsonalari – 4:4
Gollar: Ja'far Irismetov 28, 55, Bahodir Nasimov 34, Hamdam Rahmonov 66 – Leonid Koshelev 23, Akmal Xolmatov 38, Azamat Abduraimov 45 penaltidan, G'ulom Halimtoev 60.
“Dinamo”: Shuhrat Murodov (A.Muhammedov), Uchqun Qobilov (Hakimxon A'lamxonov), Artyom Filiposyan (Rafael Balasanyan), Sherzod Sharipov, Dilshod Sharofutdinov, Elbek Musaev (Nuriddin Amriev), Ilhom Yunusov, Shuhrat Jabborov (Tohir Mo'minov), Bahodir Nasimov, Ja'far Irismetov.
Murabbiylar: Hakim Fuzaylov, Ilhom Sharipov.
O'zbekiston MTJ afsonalari: Ignatiy Nesterov (E.Lyumanov), Marat Ismoilov (Rustam Zabirov), Farhod Magometov (Aziz Ibragimov), Baxtiyor Ashurmatov, G'ulom Halimtoev (Akmal Xolmatov), Leonid Koshelev, Aleksey Evstafeev (Pavel Solomin), Ravshan Bozorov (Rustam Do'rmonov), Ulug'bek Baqoev, Azamat Abduraimov, Shuhrat Maqsudov.
Bosh murabbiy: Birodar Abduraimov

Manba: fcdinamo.uz