"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner bosh murabbiy Vensan Kompani bilan shartnoma uzaytirilgani haqida fikr bildirdi.

"Shartnomani uzaytirish - Kompanining ajoyib ishidan so'ng klubining unga bildirgan ishonch belgisidir.

Vensanni futbolchilar, klub rahbariyati va muxlislar juda hurmat qilishadi. Hamkorligimiz davom etayotganidan mamnunmiz", - deya Xaynerning so'zlarini keltirgan klub matbuot xizmati.