Xavi Simons faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradi.

Juma kuni "Tottenxem" niderlandiyalik futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Simons "Tottenxem" safida chiroyli raqam ostida o'ynaydi - 7. Bu haqda "shporlar" matbuot xizmati xabar berdi.

Oldin Xyon Min Son o'n mavsum davomida "Tottenxem"da 7-raqam ostida o'ynagan. Ushbu yozda janubiy koreyalik futbolchi London klubini tark etgandi.