“Metaratings.ru” nashrining xabar berishicha, «Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Moskvaning «Spartak» klubini boshqarish imkoniyatidan voz kechgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, 45 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan «Spartak» aloqa o'rnatgan, ammo u Rossiyada ishlash variantini qabul qilmagan.

Manbaga ko'ra, “qizil-oqlar”ning sport direktori Fransis Kaxigao avval “Lukoyl” mas'ul xodimlari bilan bosh murabbiy masalasini muhokama qilgan. Ammo Deyan Stankovichning o'rniga tayyor nomzod mavjud emasligi sababli bu masala klub kengashi bilan kelishilmagan.

Avvalroq ma'lum bo'lishicha, dushanba kuni bo'lib o'tgan “Spartak” direktorlar kengashi yig'ilishida Stankovichni jamoa bosh murabbiyi lavozimida qoldirish haqida qaror qabul qilingan. Moskva jamoasi Rossiya Premer-ligasining 11 ta turidan keyin 18 ochko to'plab, turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. “Spartak” etakchi TsSKAdan 6 ochkoga orqada.

Manba: sport24.ru