Londonning «Tottenxem» klubi yarim himoyachisi Xavi Simons jamoa bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Murabbiy qanday futbol o'ynamoqchi ekanini allaqachon tushunib etdim. Rostini aytsam, u mentalitetimizni darhol o'zgartirdi, bizga energiya va yangi impuls berdi. U o'zim o'ynaydigan pozitsiyada to'p surgan, shuning uchun meni yaxshi tushunadi. U menga erkinlik va ishonch berdi, futbolchiga aynan shu narsa kerak. Agar murabbiydan ishonch yoki qo'llab-quvvatlashni his qilmasangiz, o'ynash qiyin. De Dzerbi esa birinchi kundan boshlab bularning barchasini jamoaga va ayniqsa menga berdi», — deya Simonsning so'zlarini keltiradi jurnalist Mett Barlou.

Roberto De Dzerbi joriy yilning mart oyi oxirida «Tottenxem»ni boshqardi va murakkab turnir vaziyatiga qaramay, jamoaning Angliya Premer-ligasidagi o'rnini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: Stadion.uz