«Tottenxem» hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons London klubining ambitsiyalari haqida jiddiy bayonot berdi.

— Mening ambitsiyalarim jamoa va klub ambitsiyalari bilan mos keladi. Biz barcha turnirlarda g'olib chiqmoqchimiz, — dedi Simons jurnalist Mett Barlou bilan suhbatda.

Simons o'tgan yozda «Tottenxem» futbolchisiga aylangandi va klub bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolagandi.

2025/26 yilgi Angliya chempionati yakunlariga ko'ra, «shporlar» 41 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 17-o'rinni egalladi. Jamoa faqat finish qismidagina elita divizionidagi o'rnini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

APLning yangi mavsumi avgust oyining ikkinchi yarmida boshlanadi, biroq Simons tizzasidan olgan og'ir jarohati (xochsimon paylarning uzilishi) sababli turnirning katta qismini o'tkazib yuboradi.

Manba: Stadion.uz